Dollar qiymati 2026 yildagi eng past darajaga tushdi
Jamiyat
−
19:36 2139 1 daqiqa
Bugun, 5 avgust kuni valyuta birjasida dollar kursi joriy yildagi eng minimum qiymatga tushdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Bugungi savdaolarda dollar 11 886,72 so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025 yil 4 dekabrdan beri ilk bor kuzatilishi. Bir kun ichida u 55 so‘m 49 tiyinga arzonlashdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning savdo hamkorlari bo‘lgan boshqa mamlakatlar valyutalari ham arzonlashgan. Xususan, yevro 13 717,27 so‘mdan taklif etilmoqda (o‘tgan kunga nisbatan deyarli 26 so‘mga arzon), funt sterling esa 43 so‘m 67 tiyinga arzonlab, 16 007,85 so‘mni tashkil etgan.
Rossiya rubli kursi esa 1 so‘mga pasayib, mart oyidan beri ilk bor 146,37 so‘mga yetdi. Xitoy yuani 1761,23 so‘mdan taklif qilinmoqda. Bu o‘tgan kundagiga qaraganda 7 so‘m 4 tiyinga kam.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi yarim yillikda xorijiy valyutaga bo‘lgan umumiy talab 32 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu 2025 yilning shu davriga nisbatan 20 foizga ko‘p. Shu bilan birga, ichki bozorda xorijiy valyuta taklifi (regulyator operatsiyalarini hisobga olmaganda) 31 foizga oshib, 27,8 mlrd dollarga yetgan.
Live
Barchasi