Doka-ro‘mol qurishi: Alisher Usmonov Irina Viner bilan ajrashmaydigan bo‘ldi
Olam
−
06 iyul 2022
10648Rossiyalik milliarder va tadbirkor Alisher Usmonov 30 yillik turmush o‘rtog‘i, Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti, Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova bilan ajrashish uchun sudga bergan da’vo arizasini qaytirib oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, sud Alisher Usmonov va Viner-Usmonovaning ajrashish to‘g‘risidagi da’vosini ko‘rib chiqishni to‘xtatgan.
Aytish joizki, Alisher Usmonov sudga joriy yilning 4 may kuni turmush o‘rtog‘i bilan ajrashish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan chiqqan edi.
U Viner-Usmonova bilan ajrashish uchun birgalikda sotib olingan mulk bo‘yicha hech qanday masala hal etilmaydigan va faqat nikoh rasman buziladigan shaklda ariza bergandi. Tomonlar vakillari o‘rtasidagi suhbat joriy yilning 19 may kuni bo‘lib o‘tgan, shundan so‘ng er-xotinlarga yakuniy qaror qabul qilish uchun taxminan ikki hafta vaqt berilgandi.
Ma’lumot uchun, 68 yoshli Usmonov va 73 yoshli Viner-Usmonova 1992 yilda turmush qurgan. Ularning farzandlari yo‘q.
LiveBarchasi