“Dok-1 Maks” ortidan qamalgan Kariyevning o‘rnini o‘rinbosari egalladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi jinoiy javobgarlikka tortilib, hibsga olingan direktori Sardor Kariyevning o‘rniga yangi rahbar tayinlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 17 fevral kuni imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining tashkil etilishi munosabati bilan ayrim rahbar xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risida”gi qarori bilan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Ulug‘bek Egamov agentlik direktori lavozimiga tayinlandi. 

U 1984 yil 1 fevralda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug‘ilgan. 2008 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2016 yilda Yaponiya siyosiy tadqiqotlar davlat institutini tamomlagan. 

Ish faoliyatini 2009 yil O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Xalqaro tashkilotlar va donor mamlaktlar bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni hisobga olish va monitoring boshqarmasining yetakchi mutaxassisi lavozimida boshlagan. 

Bugungacha: 

•    2012-2015 yillarda – Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Xalqaro tashkilotlar va donor mamlaktlar bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni hisobga olish va monitoring boshqarmasining bosh mutaxassisi;

•    2015-2016 yillarda – Yaponiya siyosiy tadqiqotlar davlat instituti magistranti; 

•    2016-2017 yillarda – Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Axborot-tahlil bosh boshqarmasining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bo‘limining bosh mutaxassisi;

•    2017-2018 yillarda – Tashqi savdo vazirligi Tashqi savdoni boj-tarif orqali tartibga solishni takomillashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari; 

•    2018-2019 yilarda – Jizzax viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

•    2019 yilda – Jizzax viloyati hokimligi investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyatining mudiri;

•    2019-2020 yillarda – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Ijtimoiy soha, turizm va farmatsevtika tarmoqlarida investitsiya siyosatini yuritish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari. 

•    2020-2022 yillarda – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Ijtimoiy soha, turizm va qo‘rilish materiallari tarmog‘ini rivojlanitirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.  

2022 aprel oyidan boshlab Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 20 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 Maks” dori vositasi ishi ortidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev hibsga olingan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing