“Dok-1 Maks” ortidan qamalgan Kariyevning o‘rniga yangisi tayinlandi

Jamiyat

image

Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Mirzohidjon Qodirov vazirlik huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” davlat unitar korxonasi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.  Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Mirzohidjon Qodirov 2003 yilda Toshkent farmatsevtika institutini tamomlab, ish faoliyatini mazkur oliy o‘quv yurtida kafedra assistenti sifatida boshlagan. 

Keyinchalik Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Farmakopeya qo‘mitasida yetakchi mutaxassis, qo‘mita raisi o‘rinbosari, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” DUK direktori kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Qayd etilishicha, Mirzohidjon Qodirovga tizimda korrupsiyaga barham berish, sohaga xalqaro standartlar, yuqori texnologiyali laboratoriyalarni joriy qilib, O‘zbekistonga sifatli dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar kirib kelishini ta’minlash, mamlakatda farmatsiya sohasini yangi bosqichga olib chiqish, markazda faoliyat ko‘rsatuvchi kadrlar malakasini jahon talablari darajasida oshirib borish hamda o‘z ishiga halol hamda vijdonan yondashadigan bilimli va mahoratli mutaxassislardan iborat jamoani shakllantirish kabi muhim vazifalar yuklatilgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 20 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 Maks” dori vositasi ishi ortidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” davlat unitar korxonasi Sardor Kariyev hibsga olingan edi. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimini uning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Ulug‘bek Egamov egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardor Kariev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing