Dog‘istonliklar Astraxandagi kafeda qizlarni kaltakladi (video)

Olam

image

Joriy yilning 16 noyabr kuni Astraxandagi “7 pyatnits” kafesida kavkazliklar bir necha qizlarni do‘pposladi. Bunga o‘zaro gap talashish sabab bo‘lgan. Bu haqda rus OAV yozmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada erkak kishi oyoqlarini kafedagi stollardan biriga qo‘yib olganini ko‘rish mumkin. Buni ko‘rgan ayol kishi undan oyoqlarini pastga tushirishni so‘raydi. Uning iltimosi kavkazlikni g‘azablantirgan va ikki o‘rtada mojaro kelib chiqqan.

Qayd etilishicha, voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari mojaroning asosiy qo‘zg‘atuvchisini ushlagan. RIA Novosti’ning yozishicha, qoidabuzar 26 yoshli dog‘istonlik bo‘lib chiqqan

Eslatib o‘tamiz, bugun, 25 noyabr “Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish” kunidir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

833

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing