Dog‘istonda raqibasini zaharlashga uringan shaxmatchi hibsga olindi
3-sahifa
−
08 avgust
9706Dog‘istonda shaxmatchi raqibasini zaharlashga uringanlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda “UzChess“ loyihasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 2 avgust kuni Dog‘istonda o‘tkazilayotgan klassik shaxmat bo‘yicha respublika chempionatining to‘rtinchi raund boshlanishi arafasida sodir bo‘lgan. kaspiysklik shaxmatchi Amina Abakarova raqibasi maxachqal’alik Umayganat Osmanovaning taxtasiga simob moddasini surgan. Shundan so‘ng Osmanova zaharlanish belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat videokuzatuv kamerasiga yozilgan va voqeaga oydinlik kiritilgan.
Dog‘iston Sport vaziri Sojid Sojidov mazkur holatga izoh berdi.
“Ko‘pchilik qatori men ham Amina Abakarova kabi tajribali sportchiga nima bo‘lganidan hayronman. Uning qilgan harakatlari achinarli oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. U shaxmat uyida bo‘lgan har bir kishining, shu jumladan o‘zining hayotiga tahdid soldi. Endi u qilgan ishi uchun qonun oldida javob berishi kerak bo‘ladi”, deydi u.
Surishtiruvlar davomida Abakarova raqibini qo‘rqitish maqsadida bu ishni qilganini tan olgan. Hozirda Abakarova hibsda va unga uch yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Shuningdek, uning shaxmat faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
LiveBarchasi