Dog‘istonda motam e’lon qilindi

Olam

image

Dog‘iston poytaxti Maxachqal’adagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan portlashdan so‘ng, mamlakatda bir kunlik motam e’lon qilindi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Dog‘iston rahbari Sergey Melikov portlash qurbonlarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, bugun, 15 avgustni respublikada motam kuni deb e’lon qildi”, deyiladi xabarda.

Davlat rahbari Melikov favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha shtab yig‘ilishida halok bo‘lganlarning oilalariga Dog‘iston zaxira fondidan 1 million rubl miqdorida moddiy yordam berilishini aytgan.

“Motam kuni munosabati bilan butun respublika bo‘ylab davlat bayroqlari tushiriladi. Madaniyat muassasalari va telekanallardan ko‘ngilochar tadbirlar va ko‘rsatuvlarni efirga uzatmaslik so‘raladi”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 avgust kuni Dog‘iston poytaxti Maxachqal’adagi avtoservis binosida kuchli portlash sodir bo‘lgandi. Dastlab avtoservis binosi yonib ketgan, keyin olov yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tgan va kuchli portlash yuz bergan. Portlashdan deyarli 4 soat o‘tib yong‘in o‘chirilgan.

Dastlab OAV portlash oqibatida 25 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi, biroq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda vaziyat qurbonlari soni 27 nafarga yetgan, ulardan uch nafari bolalardir. Bundan tashqari, 60 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Sodir bo‘lgan portlash munosabati bilan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga hamdardlik telegrammasini yo‘lladi.


Maqola muallifi

Teglar

Dog'iston motam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing