Dmitriy Muratov Nobel mukofotini Ukraina uchun auksionga qo‘ymoqchi
Olam
−
22 mart 2022
62262021 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, “Novaya gazeta” bosh muharriri Dmitriy Muratov o‘z medalini kimoshdi savdosiga qo‘yishga qaror qildi. U auksiondan tushgan pullarni ukrainalik qochqinlar uchun xayriya qilmoqchi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Novaya gazeta” va men 2021 yilgi tinchlik uchun Nobel mukofoti medalini Ukraina qochqinlar jamg‘armasiga berishga qaror qildik. Ularning soni allaqachon 10 milliondan oshgan. Dunyoga mashhur ushbu mukofotni auksionlardan biriga kimoshdi savdosiga qo‘yib berishingizni so‘rayman”, deydi Dmitriy Muratov.
Mukofot sovrindorining qayd etishicha, ayni vaqtda o‘t ochishni to‘xtatish, asirlarni almashish, jasadlarni qaytarish, gumanitar yo‘laklar ochish va qochqinlarga yordam ko‘rsatish zarur.
Ma’lumot uchun, Dmitriy Muratov tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan birinchi rus jurnalisti, shuningdek, ushbu mukofotni olgan birinchi Rossiya fuqarosi hisoblanadi. Taqdirlash marosimi 2021 yil 10 dekabr kuni Osloda bo‘lib o‘tgan.
Norvegiya Nobel qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, ular demokratiya va mustahkam tinchlik sharti bo‘lgan so‘z erkinligini himoya qilishdagi sa’y-harakatlari uchun ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan.
LiveBarchasi