DXX yarim tunda O‘zbekiston chegarasini buzgan afg‘onistonlikni qo‘lga oldi (video) 

Jamiyat

image

Davlat xavfsizlik xizmati hamda chegara qo‘shinlari tomonidan O‘zbekiston hududiga Amudaryo orqali o‘tgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur shaxs Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari va chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ushlangan. Qo‘lga olingan afg‘onistonlikning yonida 9 kg 84 gr “opiy” giyohvand moddasi borligi aniqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod – amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Namanganda saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat bo‘yicha to‘xtalib, mamlakat chegarasini “narkobaron” buzib o‘tmoqchi bo‘lgani haqida gapirdi. Davlat rahbari ushbu vaziyatda o‘zbekistonlik bir askar qahramonlarcha halok bo‘lganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1289

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing