DXX O‘zbekistonga 2 mlrd so‘mlik dori olib kirayotganlarni ushladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Namangan viloyatida umumiy qiymati 2 milliard so‘mlik dori vositalarini mamlakat hududiga olib kirgan shaxslar qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan shahrida yashovchi G‘.D. va X.O.larning yashash xonadonlari ko‘zdan kechirilgan.

Natijada ulardan hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan 51 turdagi umumiy qiymati 1 milliard 300 million so‘mlik dori vositalari protsessual tarzda rasmiylashtirilib olingan.

Aniqlanishicha, ushbu dori vositalari qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan viloyat hududiga Yangiqo‘rg‘on tumanidagi aylanma yo‘llar orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilgan.

Shuningdek, Chust tumani “Yuqori G‘ova” mahallasida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan X.J. 67 turdagi umumiy qiymati 700 million so‘mlik dori vositalarini avtomobilda Qo‘qon shahriga olib ketayotgan vaqtida Pop tumani hududida to‘xtatilib, undan dori vositalari tegishli tartibda olib qo‘yilgan.

Ma’lum qilinishicha, u mazkur dori vositalarini Qirg‘iziston Respublikasining Ola-buqa tumanida yashovchi shaxsdan olib, aylanma yo‘llar orqali O‘zbekiston hududiga o‘tkazgan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing