DXX Toshkentda reyd o‘tkazib, 41 kishini ushladi
3-sahifa
−
29 yanvar 2022
19201Toshkent shahri Chilonzor, Olmazor, Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotayotgan dorixona egalari va xodimlaridan iborat jami 18 kishi ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi va shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, Mirobod tumanida joylashgan dorixonalardan birida noqonuniy sotilayotgan 399 dona “Zardeks”, 49 dona “Karbamazepin-FS” va 20 dona “Tebantin” dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Chilonzor tumanidagi dorixonlardan birida esa 2080 dona “Karbamazepin-FS”, 434 dona “Regapen”, 265 dona “Zardeks”, 244 dona “Tropikamid” dori vositalari musodara qilingan.
Shuningdek, shu kabi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahriga olib kelib, tarqatish hamda sotish bilan shug‘ullangan 22 kishi ham qo‘lga olingan.
Xususan, Mirobod tumanidagi mehmonxonalarning birida o‘tkazilgan tezkor tadbirda namanganlik 2 nafar fuqaro joylashgan xona ko‘zdan kechirilganda, unda 3690 dona “Zardeks” dori vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Bundan tashqari, voyaga yetmagan shaxslarga bu turdagi dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanib kelgan ikki fuqaro ham qo‘lga olinib, ulardan 1 gramm “gashish”, 2 dona “Zardeks”, 3 dona “Karbamazepin-FS”, 4 dona “Tropikamid” va 46 dona “Regapen” olib qo‘yilgan.
Poytaxt hududida kuzatilgan yana bir holatda esa 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro 10 000 dona “Zardeks” dori vositasini 6 000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlangan.
Xabarda ta’kidlanishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 5 571 dona “Regapen”, 14 522 dona “Zardeks”, 2 132 dona “Karbamazepin-FS”, 1 162 dona “Tropikamid”, 22 dona “Tebantin” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Aytilishicha, ushbu dori vositalari horijda ishlab chiqarilgan bo‘lib, kontrabanda yo‘li bilan qo‘shni davlatlar hududidan mamlakatga olib kirilgan.
Ta’kidlash joizki, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan ushbu fuqarolar orasida muqaddam bu turdagi qonunbuzarliklarni sodir etganliklari uchun qidiruvda bo‘lgan hamda giyohvand moddalar iste’moliga ruju qo‘ygan shaxslar ham bor.
Hozirda mazkur shaxslarni javobgarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
LiveBarchasi