DXX Surxondaryoda xalqaro terrorchilarni qo‘llab kelgan shaxslarni ushladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Ichki ishlar boshqarmasi bilan viloyatning Termiz shahri va Termiz tumanlarida yashovchi, xalqaro terrorchilik guruhlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlab kelgan bir necha shaxslarning faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, ushbu shaxslarning aksariyati Termiz shahridagi bozorlardan birida savdo faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. Ular Telegram messenjerida virtual guruh tashkil qilgan holda, unda terrorchilik tashkilotlari g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan. 

Qo‘lga olinganlar o‘zlarining Turkiya, Suriya va Misr davlatlaridagi g‘oyadoshlarini moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlash maqsadida, plastik karta rasmiylashtirgan hamda unda yig‘ilgan pul mablag‘larini ko‘rsatilgan hududlarga yuborish bilan shug‘ullanib kelishgan.

“Qo‘lga olinganlar orasida kelgusida Suriya hududiga borib, jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan fuqarolar ham mavjud”, deyiladi xabarda. 

Guruh a’zolarining xonadonlarida o‘tkazilgan tintuv tergov harakati jarayonida ekstremistik va terrorchilik mazmunidagi ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

440

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing