DXX Suriyadagi terrorchilarga qo‘shilish orzusidagi yigitni ushladi

3-sahifa

image

Suriyadagi terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilishni rejalashtirgan o‘zbekistonlik yigit Rossiyada qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasida mavsumiy ishlashi davrida Internet tarmog‘i orqali xalqaro terrorchi tuzilmalar ta’siriga tushib, qo‘poruvchilik harakatini sodir qilishni maqsad qilgan. 

Shu sabab u Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan. Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Rossiyada qo‘lga olingan va O‘zbekistonga olib kelingan.

Xabarga ko‘ra, hozirda ushbu shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada "Islom davlati" terroristik tashkiloti tarafdori qo‘lga olingan edi. U yaqin aloqalaridan iborat yashirin "jamoat" tuzib, ular orasida "Islom davlati" terroristik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

389

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing