DXX raisi Qobulda “Tolibon” vaziri bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 22 iyul kuni O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-polkovnik Bahodir Qurbonov Afg‘oniston poytaxti Qobulda “Tolibon” muvaqqat hukumatida milliy mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchisi Mulla Muhammad Yoqub bilan uchrashdi. Bu haqda “Tolibon” muvaqqat hukumatining milliy mudofaa vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida DXX raisining o‘rinbosari Farrux Muxtorov, DXX raisining o‘rinbosari – chegara qo‘shinlari qo‘mondoni Salimjon Hasanov va boshqa rasmiylar bo‘lgan.

“Uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatdagi umummilliy xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyotdan mamnunligini bildirib, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.

“Tolibon” vakili esa O‘zbekiston hukumatining Afg‘onistonga nisbatan xalqaro miqyosdagi ijobiy pozitsiyasini yuqori baholab, ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi aloqalar kengayib borayotganini alohida ta’kidlagan. Tomonlar chegara sohasidagi hamkorlik, aloqalarni yo‘lga qo‘yish va boshqa tegishli masalalar yuzasidan fikr almashgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 17 iyul kuni Qobulda “Tolibon” tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy va ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Xalifa Sirojiddin Haqqoniy bilan uchrashuvlar o‘tkazgandi. O‘sha kuni Qobulda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlarining birinchi uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va ularning ishtirokida Afg‘oniston jamoat ishlari vazirligi, O‘zbekiston Transport vazirligi va Pokiston temiryo‘l vazirligi rahbarlari tomonidan O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston Transafg‘on temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha uch tomonlama hadli bitim imzolandi.  Baxtiyor Saidov Qobulda Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Mulla Muhammad Hasan Oxund bilan ham uchrashdi


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Bahodir Qurbonov O'zbekiston Tolibon Davlat xavfsizlik xizmati Mulla Muhammad Yoqub

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing