DXX raisi Abdusalom Azizov O‘FA prezidentligiga qayta saylandi

Sport

image
0:00
0:00
download

Bugun, 25 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘FAning hisobot-saylov kongressida Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylandi. 

Kongress raisi Xabibulla Mirzaxonovning ma’lum qilishicha, 45 ta a’zo tashkilot O‘FA prezidenti lavozimiga Abdusalom Azizov nomzodini ilgari surgan, 42 ta a’zo tashkilot esa O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimiga Ravshan Ermatov nomzodini ilgari surgan. 

“Avvalo, yana 4 yil muddatga saylaganingiz uchun rahmat aytaman. OFK va FIFA yordamida futbolimiz rivojlanishi uchun ishladik. Ammo milliy terma jamoamiz Jahon chempionatiga chiqa olmagani ishimizda kamchiliklar borligini ko‘rsatdi. Oldimizda bolalar va ayollar futbolini rivojlantirish, Parijdagi Olimpiadaga chiqish, bundan tashqari milliy chempionatimiz saviyasini oshirish, jamoalar atrofidagi qing‘irliklarni yo‘qotish vazifasi turibdi. 2026 yilgi mundialga chiqish Srechko Katanets boshchiligidagi murabbiylar oldiga vazifa qilib qo‘yildi. Murabbiylar va rahbariyat o‘rtasida birlik bo‘lishi kerak. Oldimizda turgan muhim masalalarni hal qilamiz” deydi Azizov.

Marosimda FIFA’ning assotsiatsiyalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rolf Tanner, FIFA loyihalari kordinatori Lorenso Forvi va Andrey Bashkevich, OFK bosh kotibining assotsiatsiyalvr bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Vohid Kardani, OFKning assotsiatsiyalar bilan ishlash bo‘yicha Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Sanjar Rizayev, Markaziy osiyo futbol assotsiatsiyasi 1-vitse prezidenti Dostonbek Kanakbayev ishtirok etdi.  

Saylovga delegatlar sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy futbol assotsiatsiyalari, futbol akademiyalari, O‘zPFL, Superliga va Pro ligada ishtirok etuvchi jamoalar, futbod fahriylari kengashi, Respublika futbol bo‘yicha sport mahoratini oshirish oliy maktabi, futbol ishqibozlari, futbolchilar hamda hakamlar guruhi vakillari jalb etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing