DXX prokuratura xodimini $30 ming pora bilan ushlagani aytilmoqda
3-sahifa
−
13 noyabr 2021
16360Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyat prokuroraturasining kadrlar bo‘limi boshlig‘i Q. ismli shaxs 30 ming dollar pora olayotgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingani haqida xabar tarqaldi. U Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning jiyani ekani aytilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Q. ma’lum vaqt Andijon shahar prokurori lavozimida ham ishlagan. U pulni viloyat xalq ta’lim bo‘limida “yeb yuborilgan” 6,7 mlrd so‘mni yopdi-yopdi qilish uchun olayotgan paytda qo‘lga tushgan.
Qayd etilishicha, Andijon viloyat prokuroraturasining kadrlar bo‘limi boshlig‘i pullarni haydovchisi orqali olgan.
QALAMPIR.UZ holat yuzasidan Bosh prokurorning Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘langanda, ayni vaqtda aniq ma’lumotlar yo‘q ekanini, tez orada surishtirib, axborot berishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi