DXX kubogining hal qiluvchi bosqichiga qur’a tashlandi (fotoreportaj)

Sport

10

Kecha, 20 avgust kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida futbol va mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizligi xizmati (DXX) kubogi bahslarining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi.

DXX kubogi bahslari ketma-ket uchinchi yil o‘tkazilmoqda. Uch bosqichda bo‘ladigan musobaqada bu yil 208 ta tuman-shaharlardagi 20 311 ta jamoa ishtirok etdi. Turnir Respublika bo‘yicha jami 254 848 nafar yoshni qamrab oldi. Viloyat bosqichida saralab olingan 365 nafar futbolchi bilan hozirda O‘zbekiston Superligasi jamoalari muzokara o‘tkazmoqda.

Qayd etish joiz, bu yilgi musobaqalarda ayollar ham ishtirok etmoqda.

Qur’a tashlash marosimida futbol va mini-futbol bahslarida qatnashadigan eng sara 14 ta jamoa Respublika bosqichidagi raqiblarini bilib oldi.

Musobaqaning guruh bosqichi va pley-off o‘yinlari “Bunyodkor” akademiyasining sun’iy qoplamali maydonlarida o‘tkaziladi. Futbol bellashuvlarining final o‘yiniga JAR stadioni mezbonlik qiladi.

Bugun, 21 avgust kuni guruh bosqichi o‘yinlari start olsa, 26 avgust kuni final bahslari o‘tkaziladi.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing