DXX xalifalikka da’vat etuvchi videolar tarqatgan shaxsni qo‘lga oldi
3-sahifa
−
22 aprel 2022
25397Surxondaryoda xalifalikka undovchi materiallarni tarqatib kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Muzrabot tumanida yashovchi A.A.ning “Redmi 6 A” rusumli telefon apparati ko‘zdan kechirilgan. Shunda Telegram ijtimoiy tarmog‘ida uning shaxsiy telefon raqamiga ochilgan profiliga xorijiy davlatga tegishli raqam foydalanuvchisi hisoblangan O‘zbekiston fuqarosi S.A.dan Shayx Obidxon qorining “Olimlarimizni himoya qilaylik”, Muhammad Rafiq qorining “Islomiy siyosat va xalifalik nima?” va Rashod qorining “Xalifalik haqida” nomli ma’ruzalari kelgani aniqlangan. Bu videomateriallarni u boshqalarga ham tarqatgani ma’lum bo‘lgan.
Ushbu ma’ruzalar DVD+R diskiga ko‘chirib olinib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yuborilgan.
Qo‘mitaning xulosasiga ko‘ra, ushbu videomateriallar amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirishga qaratilgan, ularni mamlakatimiz hududiga olib kirish va tarqatish taqiqlangan.
Davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirishga xizmat qiladigan va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tarqatgan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159 va 244-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi