DXX Qirg‘izistonga $1 mlnni olib chiqib ketayotgan shaxsni ushladi
3-sahifa
−
25 iyun 2022
10129Andijonda 1 million AQSH dollarini Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqib ketayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 22 iyun kuni Paxtaobod tumanidan o‘tuvchi "o‘zbek-qirg‘iz" davlat chegarasi hududida xizmat o‘tayotgan DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari katta miqdordagi xorijiy valyutani mamlakatdan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ygan.
Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro A.D. ikkita polietilen qopda bo‘lgan 1 mln AQSH dollarini Qirg‘izistonga noqonuniy o‘tkazmoqchi bo‘lgan vaqtida DXX tomonidan qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi