DXX 600 ming dollar chetga chiqib ketishini to‘xtatib qoldi

Jamiyat

image

Davlat xavfsizlik xizmmati Namangan viloyatida yirik miqdordagi xorijiy valyutaning Qirg‘izistonga olib chiqib ketilishini to‘xtatib qoldi.

DXXning Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari “Namangan – Kosonsoy” yo‘nalishida harakatlanayotgan 40 yoshli Ne’matullo Vohidov boshqaruvidagi Captiva rusumli avtomashina “Gurmiron” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida to‘xtatildi. Avtomobil xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda uning salon qismida 605 ming 136 AQSH dollari borligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, muqaddam sudlangan Ne’matullo Vohidov Toshkent shahri va Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolardan olgan ushbu xorijiy valyutalarni ma’lum miqdordagi foiz hisobida haq olish evaziga Kosonsoy tumanidagi aylanma yo‘llar orqali bojxona nazoratini chetlab o‘tib, Qirg‘iziston Respublikasida yashovchi “Ilyos” ismli shaxsga yetkazib berishi kerak bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan DXX Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu ishga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha ham zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX dollar Namangan

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing