DXX 15 kg quyma oltinni Toshkentdan vodiyga olib ketayotgan erkakni qo‘lga oldi

Jamiyat

image

45 yashar andijonlik A.Nuriddinov qariyb 15 kg oltinni Toshkentdan vodiy viloyatlariga olib ketayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida xabar berildi. 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Toshkent shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reydda Toshkent shahridagi “Sharq” yo‘l patrul xizmati maskanida 1975 yil Andijon viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan A.Nuriddinov boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganda, avtomashina yukxonasida qora politilen paketlarga skochlab o‘ralgan, jami 14 kg 238 gr bo‘lgan 16 dona oltin quymalari borligi aniqlangan.

Ushbu oltin quymalarini fuqaro Nuriddinov Toshkent viloyati Qibray tumanidagi uyida qonunga xilof ravishda qo‘lbola usulda tayyorlagan bo‘lib, keyinchalik ularni Andijon va Namangan viloyatlariga olib borib, sotishni rejalashtirgan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, oltinni quyma shaklga va yuqori asillik darajasiga keltirib oldi-sotdi qilish taqiqlangan bo‘lib, ushbu harakatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, ushbu oltin quymalarning kelib chiqish manbalarini aniqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX oltin

Baholaganlar

305

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing