DXX 10 ta davlat xavfsizlik va razvedka organlari vakillarini Toshkentga yig‘di

Jamiyat

image

Kecha, 19 oktyabr kuni Toshkent shahrida “Afg‘oniston: mintaqaviy bog‘liqlik, xavfsizlik va rivojlanish” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, konferensiyada Afg‘oniston, Pokiston, Eron, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda O‘zbekiston xavfsizlik organlari va razvedkaviy xizmatlari delegatsiyalari ishtirok etdi.

Tadbir qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik xati o‘qib eshittirildi.

Ushbu konferensiya yakunida ishtirokchi davlatlar vakillari tomonidan o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha yo‘nalishlar va aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, global hamda mintaqaviy xavfsizlikka jiddiy tahdid solayotgan terrorizmga qarshi birgalikda qat’iy kurashishga kelishib olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu tadbir Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

315

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing