DXAning Toshkent shahar boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sanjar Bahodirovich Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sarvar Abdullayev 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2010 yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr, 2012 yilda  magistratura bosqichini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. 

U Adliya vazirligida o‘z mehnat faoliyatini 2013 yildan Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasining 1-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlab, vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Sarvar Abdullayev 2018 yildan hozirgi vaqtga qadar vazirlikning Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov DXA Sarvar Abdullaev

Baholaganlar

80

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing