DXAning hududiy tuzilmasida yangi rahbarlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tuzilmasida tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda agentlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Adliya vazirining buyrug‘i bilan Abdullo Bahriddinovich Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Abdullo Tursunov shu kunga qadar Davlat xizmatlari agentligi Iqtisodiyot va moliya sohasida davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirining buyrug‘i bilan Behzod Bahriddinovich Safarov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Behzod Safarov shu kunga qadar Davlat xizmatlari agentligi Tashkiliy-tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov DXA

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing