Diyor Imomxo‘jayev PFL direktori etib tayinlandi

Sport

image

Bugun, 31 mart kuni O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasining yangi saylangan tarkibdagi ilk yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidenti kiritgan taqdimnomaga asosan Diyor Imomxo‘jayev 4 yil muddatga PFL bosh direktori lavozimiga ko‘rsatildi va bir ovozdan ma’qullandi.

Yig‘ilishda PFL Ijroiya qo‘mitasining jami 9 nafar a’zosidan 8 nafari ishtirok etdi. Jumladan, tashkilot rahbari Diyor Imomxo‘jayev, UFA vitse-prezidenti Odil Ahmedov, UFA’ning Ayollar futboli bo‘limi boshlig‘i Aziza Tatlimurodova, PFL yuriskonsulti Oybekxon Ibrohimxonov, OKMK futbol klubi bosh direktori Bahodir Mirzayev, “Lokomotiv” futbol klubi bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov bevosita qatnashgan bo‘lsa, 2 nafar a’zo: “Nasaf” futbol klubi bosh direktori Alisher Yusupov hamda “Xorazm” futbol klubi bosh direktori Maqsud Karimov onlayn ishtirok etishdi. Bir nafar Ijroqo‘m a’zosi “Turon” futbol klubi prezidenti – Olimxon Ahmedov esa ayni paytda xorij safarida ekani bois ovozini alohida taqdim etgan.

Diyor Imomxo‘jayev 2020 yilning 25 may kuni PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing