Diyor Imomxo‘jayev O‘zPFL direktori lavozimiga qayta saylandi
Sport
−
17:58 1374 1 daqiqa
Bugun, 19 avgust kuni Liga Ijroiya qo‘mitasining 8 nafar a’zosi O‘zbekiston professional futbol ligasi (O‘zPFL) direktori lavozimiga Diyor Imomxo‘jayevni qayta sayladi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 17 avgust kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Bahodir Qurbonov tomonidan imzolangan taqdimnoma Liga Ijroiya qo‘mitasiga yuborilgan va unda Liga bosh direktori lavozimi uchun Diyor Imomxo‘jayev nomzodi ilgari surilgan edi.
Bugun, 19 avgust kuni Liga Ijroiya qo‘mitasining 8 nafar a’zosi mazkur masalani ko‘rib chiqdi. Yig‘ilishda qo‘mita a’zolarining barchasi ishtirok etdi. Ular orasida Odil Ahmedov va Alisher Yusupov Kuala-Lumpurdan, Elbek Samatov esa Andijondan turib, masofaviy tarzda ovoz berdi.
Ovoz berish yakuniga ko‘ra, Ijroiya qo‘mitasining barcha a’zosi bir ovozdan Diyor Imomxo‘jayev nomzodini navbatdagi vakolat muddati uchun Liga bosh direktori lavozimiga tasdiqladi.
Shu tariqa, tashkilotning amaldagi rahbari 2026 yil 19 avgustdan boshlab keyingi to‘rt yil davomida o‘z vazifasini bajarishda davom etadi.
Live
Barchasi