Disney pandemiya tufayli 28 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

Olam

image

Amerikaning Walt Disney kompaniyasi pandemiya sharoitida bir qator parklarning uzoq vaqt yopiqligidan kelib chiqqan iqtisodiy muammolar tufayli AQSHdagi 28 ming xodimini ishdan bo‘shatadi. Bu haqda "Bloomberg" agentligi xabar berdi.

"Bu qalbni xira qilsa-da, COVID-19 ning biznesimizga uzoq muddatli ta’sirini hisobga olgan holda, bizda mavjud yagona imkoniyat bo‘lib turibdi", deya murojaatnomadan iqtibos keltirgan agentlik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qisqartirish kruiz kemalaridagi xodimlar, chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilar, parkdagi boshqaruvchilarga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ishdan bo‘shatiladigan ishchilarning taxminan 67 foizi yarim kunlik ishlovchilar hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, pandemiyadan oldin Amerikaning Disney parklariga 100 mingdan ortiq xodim jalb qilingan.

Ma’lumot uchun, AQSHda 7 milliondan ortiq odam koronavirusga chalingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing