Diplomatning o‘g‘li Rossiya foydasiga josuslik qilishda ayblanib qo‘lga olindi

Olam

image

Avstriya poytaxti Vena shahrida Gretsiya fuqarosi Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda “Kronen Zeitung” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 39 yoshli gumonlanuvchini qo‘lga olishda maxsus kuchlar jalb qilingan. 

“Gap Venadagi sobiq rossiyalik diplomatning o‘g‘li haqida ketmoqda”, deyiladi xabarda. 

Gazetaning yozishicha, u Rossiya rasmiylaridan, jumladan, Ukrainadagi urush paytida “portlovchi ma’lumot” uchun millionlab pul olgan. Uning kvartirasini ko‘zdan kechirish chog‘ida telefon tinglash va yashirin kameralarni aniqlashga qodir signal detektori, shuningdek, snaryad parchalariga qarshi kostyum topilgan.

Nashrga ko‘ra, josuslikda ayblanayotgan shaxs shahar hududidagi ko‘zga tashlanmaydigan nuqtalarda Rossiya Federatsiyasining diplomatik vakillariga ma’lumotlarni uzatgan.

Qayd etilishicha, bu ishga aloqador shaxs Avstriyada rasman ishlamagan va ijtimoiy nafaqa olgan. U 2018 yildan buyon Rossiya, Belarus, Turkiya va Gruziya davlatlariga 65 marta sayohat qilgan. Bundan tashqari, u Vena, Rossiya va Gretsiyada bir nechta ko‘chmas mulkka egalik qiladi.

Avstriya Ichki ishlar vaziri Gerxard Karner josus shaxsini aniqlashda ko‘rsatgan yordami uchun “xalqaro josuslarga” minnatdorlik bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing