Diniy ta’lim muassasalirga hujjat qabul qilish sanasi o‘zgardi

Jamiyat

image

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga abiturinetlarning hujjatlarini qabul qilish sanasiga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Hadis ilmi maktabi va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida 2020 yilning 20 iyunidan 10 iyuligacha (shu kuni ham) hujjatlar qabul qilinadi.

Bundan tashqari, Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasida 2020 yilning 20 iyunidan 20 iyuligacha (shu kuni ham) hujjatlar qabul qilish bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Ushbu sanalar texnik sabablarga ko‘ra o‘zgartirilgani ma’lum qilindi.

Avvalroq, Diniy ta’lim muassasalirga hujjatlar 2020 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha (shu kuni ham) qabul qilinishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Diniy ta'lim muassasasi

Baholaganlar

50

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar