Diniy qo‘mita raisi o‘rinbosari Prezidentga maslahatchi bo‘ldi
Jamiyat
−
02 fevral 2022
9493O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Murodovich Komilov Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi
Xabarga ko‘ra, u O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori bo‘lib qoladi.
Muzaffar Komilov 2018 yil 18 apreldan beri Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
U muqaddam Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida boshqarma boshlig‘i, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlarida prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Prezident maslahatchisi lavozimini egallab kelgan Shoazim Shoislamovich Minovarov O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi.
LiveBarchasi