Din ishlari bo‘yicha qo‘mita muhim bayonot bilan chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ijtimoiy tarmoqlarda bo‘layotgan bahs-munozaralar yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon qildi. O‘zA tomonidan e’lon qilingan bayonot matni quyida to‘liq keltirilmoqda. 

"Internet, ijtimoiy tarmoqlar biz yashayotgan asrni olamshumul va tasavvurga sig‘maydigan qiyofada namoyon etmoqda. Bugunga kelib bir insonning qarashlari jamiyatning boshqa a’zolariga va hattoki, butun jamiyatga ta’sir etmay qolmayapti. 

Avvalo shuni qayd etish lozimki, O‘zbekiston fuqarosi (u kim bo‘lishidan qat’i nazar) Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishi, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdir. 

Diniy ta’limot o‘ta nozik va xassos bo‘lgani tufayli muayyan din nomidan va uning mohiyati haqida faqatgina mutaxassislar munosabat bildirishlari maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Yurtimiz hududida diniy manbalar, qadriyatlar, muqaddas tuyg‘ular hurmat qilinishi shart. Ularga nisbatan haqoratli so‘z ishlatish, yomon munosabatda bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘q. 

O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda fuqarolarning diniy e’tiqodi bilan bog‘liq his-tuyg‘ularini haqoratlash, diniy qadriyatlarni oyoq osti qilish qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqarishi keltirib o‘tilgan".


Maqola muallifi

Teglar

din ishlari bo'yicha qo'mita

Baholaganlar

199

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar