Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi ishdan olindi. Toshboyev uning o‘rniga tayinlandi
Jamiyat
−
08 aprel 2021
14175O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimiga Sodiq Donoqulovich Toshboyev tayinlandi. Abdug‘ofur Ahmedov ushbu lavozimdan ozod qilindi.
Sodiq Toshboyev tayinlovga qadar Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Abdug‘ofur Ahmedov boshqa ishga o‘tkazilgani sababli ishdan olingan.
U 2019 yilning sentyabr oyida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga rais etib tayinlangandi.
Abdug‘ofur Ahmedov bungacha Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi