Din borasida qonunni buzganlarga qanday javobgarlik bor? 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga ko‘ra, “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”.

Xabaringiz bor, joriy yilning 6 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonunni imzoladi. Ushbu Qonunga ko‘ra, din masalalari bo‘yicha bir qancha o‘zgarishlar, qo‘shimchalar va yengilliklar berildi. Shuningdek, diniy ta’lim muassasasidan tashqarida diniy ta’lim berish faoliyati taqiqlandi. 

Darhaqiqat, bugungi kunda internet tarmoqlarda ayrim shaxslarning “o‘zicha” aholiga diniy ta’lim berishi, noan’anaviy aqidalarni tarqatishi, mutaxassis bo‘lmagan shaxslar tomonidan sof diniy masalalar bo‘yicha biryoqlama tushunchalar berishi tez-tez uchrab turibdi. Bu esa aholi orasida  turli xil tushunmovchiliklarga, insonlarning ongiga salbiy ta’sir qilishiga, bundan tashqari, jamiyatda diniy masalalar bilan bog‘liq ixtiloflar kelib chiqishiga, aholining yot g‘oya va qarashlar ta’siriga tushishiga sabab bo‘ladi. Shu maqsadda, Qonunning yangi tahririda diniy ta’lim muassasasidan tashqarida diniy ta’lim berish noqonuniy faoliyat sifatida belgilandi.

Shu jumladan, internet tarmoqlari foydalunvchilariga, yashash manzilda  va xorijda istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolariga hukumat tomonidan taqiqlangan terroristik hamda diniy ekstremistik tashkilotlarga a’zo bo‘lishi, ular tomonidan chiqarilgan yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi video, audio materiallarni ma’lumotlarini har qanday shaklda ko‘rishi va eshitishi hamda qo‘llab-quvvatlashi, ushbu materiallarni bosma shaklda yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatishi yoxud saqlash – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan javobgarlikka sabab bo‘ladi. 

Jinoyat kodeksining 2443-moddasi ko‘ra diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 

Bunda diniy mazmundagi materiallar deganda, turli xildagi diniy adabiyotlar, (kitob, qo‘lyozma, risola va h.k.) diniy varaqa va plakatlar, diniy mazmundagi video, audio materiallarni hamda diniy mazmudnadgi Internet-saytlarni tushunish lozim. 

O‘zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunining 19-moddasiga binoan diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari diniy maqsadlarga mo‘ljallangan buyumlar, diniy adabiyotlar va diniy mazmundagi boshqa axborot materiallarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ishlab chiqarishga, eksport va import qilishga hamda tarqatishga haqlidir.

Shuningdek, chet elda nashr etilgan diniy adabiyotlarni olib kelish va tarqatish, ularning mazmuni qonunchilikda belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.

O‘zbeksiton Respublikasi Jinoyat kodeksining 145-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, xuddi shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bunda voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga noqonuniy tarzda jalb etishga turli yo‘llar bilan, masalan aldash, moddiy rag‘bat va’da qilish, o‘ch olish, qo‘rqitish, qasos  olish tuyg‘usini singdirish yoki boshqa sabablarni ko‘rsatib majburlash yoxud ko‘ndirish jinoiy javogarlikka asos bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, diniy materiallar ya’ni dunyodagi turli dinlarning asoslari, tarixi, mafkurasi, ta’limoti va sharhlari hamda marosimlarini o‘tkazish amaliyotini aks ettiruvchi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar va boshqa bosma nashrlar, audiovizual asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozmalari, multfilmlar, anime, xentay va shu kabilar), axborot tashuvchi elektron jismlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatish uchun albatta, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomnidan  ekspertizadan o‘tkazilishi shart.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing