Dilshodbek Ro‘zmetov hindistonlik bokschini mag‘lub etdi
Sport
−
21 aprel 2019 3776 1 daqiqa
Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kun bellashuvlari davom etmoqda.
Ushbu kun doirasida -81 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Dilshodbek Ro‘zmetov ham dastlabki jangini o‘tkazdi.
O‘zbekistonlik bokschi hindistonlik Brijesh Yadavga qarshi bahs olib bordi. Keskin va murosasiz kechgan ushbu qarama-qarshilik Ro‘zmetovning g‘alabasi bilan yakunlandi va u chorak finalga yo‘l oldi.
Dilshodbek Ro‘zmetov yarim final yo‘lida qozog‘istonlik Bek Nurmaganbetga qarshi ringga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, -69 kilogramm vazn toifasida eronlik bokschi Sajjar Kazemzadaposhtiri bilan to‘qnashgan Bobo-Usmon Baturov ham raqibini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l olgan edi.
Shunigdek, Hasanboy Do‘smatov ham chempionatdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshlab, Tensin Drugyelga qarshi jang o‘tkazib, uni mag‘lub etdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025