Dilshod Kenjayev yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
15 aprel 2022
12252O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Dilshod Mutalibovich Kenjayev Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur tayinlovga qadar Dilshod Kenjayev Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisiga o‘rinbosari edi. U bu lavozimga 2021 yilning boshida tayinlangan.
Dilshod Kenjayev 1977 yil 3 yanvarda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Tarix fanlari nomzodi. 2000 yil O‘zbekiston Milliy universitetining bakalavr bosqichini, 2002 yilda magistratura bosqichini bitirgan.
2006 yilgacha Toshkent shahridagi 191-maktab tarix fani o‘qituvchisi bo‘lgan. 2006−2012 yillarda Toshkent shahar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti "Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari" kafedrasida katta o‘qituvchi, mudir, ma’naviy ma’rifiy va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor bo‘lib ishlagan.
2015−2017, 2017−2018 yillarda Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari bo‘lgan. 2018 yilda Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari ATD Yoshlar siyosati va ma’naviy rivojlantirish masalalari sho‘’basi mudiri bo‘lib ishlagan.
2018 yildan 2021 yilga qadar Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari edi.
Esatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga Nodirjon Jonuzoqovich Xolbo‘tayev (Nodir Jonuzoq) tayinlandi.
LiveBarchasi