Chelyabinskdagi maktabda o‘qituvchi to‘satdan vafot etdi
Olam
−
18 Oktabr 2019
4543Rossiyaning Chelyabinsk shahridagi 39-sonli maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilar tanlovi paytida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Tanlov auditoriyada darslar oldidan o‘tkazildi. O‘qituvchining to‘satdan tobi qochdi. "Maktab tibbiyot xodimi reanimatsiya tadbirlarini o‘tkazishni boshladi. O‘sha paytda bolalarni xonadan olib chiqishgan, tez yordam chaqirilgan. Ammo ular ayolni qutqara olmadilar, afsuski, o‘qituvchi vafot etdi", deydi maktab vakili.
Maktab direktori Svetlana Urvansevaning aytishicha, marhum o‘qituvchi "juda yaxshi inson va xodim" bo‘lgan. "U 62 yoshda edi va kamdan-kam hollarda kasallik ta’tilini olgan", deya qo‘shimcha qildi Urvanseva.
Shahar xalq ta’limi qo‘mitasi o‘qituvchilarning ish haqi haftasiga 18 soat ekanini ta’kidladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr