Dilmurod Nabiyev yana bir rahbarlik lavozimini egalladi

Jamiyat

image

Kecha, 1 noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligining anjumanlar zalida O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik mutasaddilari hamda federatsiyaning ijroqo‘m a’zolari ishtirok etdi.

Konferensiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Shu kungacha federatsiya prezidenti lavozimi vakant bo‘lib turganligi sababli O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bosh kotibi Doniyor Burnashev ushbu lavozimga Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev nomzodini ilgari surdi. Ovoz berish jarayonida nomzod bir ovozdan ma’qullandi hamda Dilmurod Hamidullayevich O‘zbekiston voleybol federatsiyasining prezidenti etib saylandi.

Yig‘ilishda so‘z olgan Dilmurod Nabiyev voleybol mamlakatda keng ommalashgan va eng sevimli sport turlaridan biri sanalsa-da, biroq uning rivojlanish darajasi boshqa o‘yin turlari bilan solishtirganda sezilarli darajada ortda qolayotganini keskin tanqid qildi va endilikda barcha bir yoqadan bosh chiqargan holda ushbu Olimpiya sport turini yangi bosqichga olib chiqish uchun astoydil harakat qilishini bildirdi.

Shuning bilan O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘z ishini yakunladi.


Maqola muallifi

Teglar

Dilmurod Nabiev Voleybol federatsiyasi

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing