“Dili me” ozodlikka chiqdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Dili me” taxallusi bilan tanilgan bloger Dilshod O‘rozboyev o‘tgan hafta qamoqqa olingani haqida xabar bergan edik. Ayni vaqtda “Dili me” hibsdan ozod etilgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

Manbaning qayd etishicha, unga qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasi sud tomonidan o‘zgartirilgan. 

Dilshod O‘rozboyevning ma’muri esa u haqiqatdan ham ozod etilgani va oilasi bag‘riga qaytganini tasdiqladi. Blogerning o‘zi esa sahifasiga onasi bilan tushgan suratini joylashtirdi. 

Eslatib o‘tamiz,  joriy yilning 23 yanvar kuni bloger Dilshod O‘rozboyev sheriklari bilan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, ismi oshkor qilinmagan fuqaroni urib, tan jarohati yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi bir necha marotaba chaqirtirilishiga qaramay, tergovga kelishdan buyin tovlab kelgan. Shu sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. 

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida bloger 10 mart kuni ushlanib, tergovga jalb qilingan.

Bungacha bloger “Toshturma” nomi bilan tanilgan 1-sonli Toshkent tergov hibsxonasida saqlanayotgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Dilshod O'rozboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar