Diqqat! O‘zbekistonda o‘ta xavfli yuqumli kasallik tarqatuvchi “uyg‘ondi”

3-sahifa

image

O‘ta xavfli yuqumli kasallik tarqatuvchi Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi uyg‘ongani aytildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu kasallik kanalar chaqishi oqibatida yuzaga keladi va bu inson hayoti uchun nihoyatda xavflidir. Sanepidqo‘mita vakilining so‘zlariga ko‘ra, kasallikni yuqtirib olmaslik uchun bir nechta qoidalarga amal qilish kerak bo‘ladi. Xususan, chorva mollarining tanasiga yopishib olgan kanalarni ularning terisidan olib tashlash uchun qo‘l bilan ushlamaslik, ularni o‘ldirmaslik lozim.

Shuningdek, agar chorva mollarida kanalar mavjud bo‘lsa, hududiy veterinariya bo‘limlariga murojaat qilib, kanalardan tozalash choralarini ko‘rish shart. Mabodo tog‘-adirlarga chiqqan vaqtda kana chaqsa, darhol tibbiyot xodimlarining ko‘rigidan o‘tish talab qilinadi.

Ushbu kasallikni yuqtirganlarni davolash jarayonida shifokorlar maxsus himoya kiyimlaridan foydalanishi hamda o‘ziga yuqtirib olmaslik uchun ehtiyotkorlik bilan harakat qilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Qostanay viloyati Auliyeko‘l tumani Novoselovka qishlog‘ida brutsellyoz kasalligi tarqalgani sababli karantin choralari joriy etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Sanepidqo'mita isitma kasalligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing