Diqqat! Toshkentning ikki tumani ichimlik suvidan uziladi

Jamiyat

image

Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanlarida 20 dekabrdan 21 dekabrgacha ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” matbuot xizmati xabar berdi.

Sergeli tumani “Qipchoq” ko‘chasidan o‘tuvchi yer usti metro yo‘li qurilish ishlari olib borilayotgani sababli ichimlik suvi tarmog‘ini ko‘chirib o‘tkazilgan qismini qayta ulash ishlari vaqtida, ya’ni 20 dekabr soat 9:00 dan 21 dekabr soat 9:00 gacha quyidagi manzillarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

 Sergeli tumani bo‘yicha:

“Qorasuv”, “Taraqqiyot”, “Xonabod”, “Qushbegi”, “Xonabodtepa”, “Quruvchilar”, “Daryo bo‘yi”, “Fayzli”, “Jaloir”, “Qipchoq”, “Sug‘diyona”, “O‘zgarish”, “Habibiy”, “Temir yo‘lchi”, “ Shukur Burxonov”, “Yangi Sergeli”, “Tinchlik”, “Guliston”, “Bobur”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Xumo” mahallalarida;

1-sektor shtabi, qabriston, masjid, asfalt zavod va har xil turdagi ishlab chiqaruvchi korxonalar. 8-Qozonxona (TS-8), TBK nasos stansiyasi, yong‘inga qarshi kurash bo‘limi, Pepsi zavodi, “Paxta tola” zavodi, g‘isht zavodi, bojxona ombori, 25-sonli o‘rta maktab.

 Yangihayot tumani bo‘yicha:

“Qipchoq”, “Yuldosh”, “Al-Farg‘oniy”, “Viqor”, “Olchazor”, “Do‘stlik”, “Chortoq”,  “Charag‘on”, “Toshkent”  mahallalarida; 

Ijtimoiy ob’ektlar:

1-sonli Tug‘ruq kompleksi, 37-sonli poliklinika, teri tanosil shifoxonasi (KVD), o‘likxona, Yangixayot hokimyati, doka xleb, metall zavodi, 12-avtobus parki, KHS, Green Park, “Evrika” xususiy bog‘chasi.

“Suvsiz qolgan hududlarga ichimlik suvi maxsus texnikalarda yetkazib beriladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing