Diqqat! Samarqand 4 kunga yopiladi

Jamiyat

image

Samarqand shahrining 16 ta ko‘chasida harakat vaqtinchalik cheklanadi. Shaharga kirish 4 kun davomida cheklanadi. Bu haqda viloyat IIB ma’lum qildi.

Joriy yilning sentyabr oyida Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti Samarqand shahrida o‘tkazilishi munosabati bilan 14 sentyabrdan 17 sentyabrga qadar Samarqand shahrining Ibn Sino, Bo‘stonsaroy, Universitet hiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Ro‘dakiy, Shoxizinda, Usto Umar Jo‘raqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed ko‘chalarida transport vositalarining harakati cheklanadi.

Harakat qatnovi cheklangan ko‘chalarda tez tibbiy yordam va favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

Shuningdek, 14–17 sentyabr kunlari Samarqand shahriga kirish vaqtinchalik cheklanadi. Shu kunlari Samarqand shahriga kelmoqchi bo‘lgan fuqarolardan tashriflarini boshqa muddatga ko‘chirishlari so‘ralgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

957

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing