Diqqat! “Omicron” O‘zbekiston chegarasigacha keldi
Olam
−
06 yanvar 2022
33323Qozog‘istonda sakkizta holatda koronavirusning “omicron” shtammi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan
Ta’kidlanishicha, Olma-otada yettita va Nur-Sultonda bitta holatda koronavirusning yangi shtammi aniqlangan.
“Genotiplash natijalariga ko‘ra, sakkizta namunada, jumladan, yettita holatda Olma-otada va bitta holatda Nur-Sultonda koronavirusning “omicron” shtammi aniqlandi”, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Vazirlik “omicron”ning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida yuqori yuqumlilik, qayta infeksiya xavfining oshishi kabilarni eslatgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 6 yanvar holatiga ko‘ra, “omicron” shtammi dunyoning 126 ta davlatida aniqlangan.
Ma’lumot o‘rnida, hozirda Qozog‘istondagi vaziyat jiddiy va qaltis. Mamlakat bo‘ylab 19 yanvargacha favqulodda holat e’lon qilingan. Shuningdek, soat 23:00 dan 7:00 gacha komendantlik soati amal qiladi. Qo‘poruvchilik harakatlari ortidan Qozog‘iston Milliy gvardiyasining sakkiz nafar politsiya xodimi va harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan. Yana 317 nafar xodim mamlakatning qator viloyatlarida ro‘y bergan tartibsizliklar natijasida jarohatlangan.
LiveBarchasi