Diqqat feyk! Qoraqalpog‘istonda ko‘cha qonga to‘lgani haqida yolg‘on xabar tarqatildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus ko‘chalari qonga to‘ldi mazmunidagi feyk va provokatsion xabarlar tarqalmoqda. Aslida esa bu noqonuniy namoyishga chiqqanlarni tarqatish uchun sepilgan qizil rangdagi suv.

“Kecha internetda Nukus ko‘chalari qonga to‘ldi deb video tarqalgandi. Shu videoni faktchek qilishibdi. Ko‘chadagi qon emas, balki olomonni tarqatish uchun sepilgan qizil rangli maxsus suv ekan.

Ammo afsuski, ushbu videoni juda ko‘pchilik, ayniqsa, xorijdagilar “ko‘cha qonga to‘ldi” deb tarqatishdi.

Iltimos, bunaqa provokatsiyalarga uchmanglar. Hozir tarqatilayotgan videolarning aksariyati yoki yolg‘on, yoki rost bo‘lsa ham, umuman boshqa vaqtda va boshqa davlatda sodir bo‘lgan voqealardir.

Qayerdadir biror mojaro bo‘lsa, u haqida minglab feyk-yolg‘on xabarlar tarqaladi. Qaysi davlatda va qaysi vaqtda bo‘lishidan qat’i nazar doim shunaqa bo‘lgan. Shu sababli hozir ham axborot urushi boshlanib ketdi.

Biz o‘z muammolarimizni o‘zimiz hal qilishga qudratiga egamiz, chetdan kelayotgan provokatsiyalardan ehtiyot bo‘lishimiz kerak”, deb yozadi huquqshunos Hushnudbek Hudoyberdiyev. 

Ma’lum qilinishicha, bundan asosiy maqsad qizil rang tekkan tartibbuzarlarni tezda aniqlash va ularni qo‘lga olish, agar qurolli namoyish bo‘lsa, ularni qurolsizlantirish uchun qilinadi. Qizil rang tezda ko‘zga tashlanadi va aniqlash oson bo‘ladi.

Bundan tashqari qizil g‘ayritabiiy rang, oddiy suv sepilganda namoyishchilar tarqalmasligi, xuddi yomg‘ir yoqqanda ho‘l bo‘lganday oddiy qabul qilishi mumkin. Ammo rangli suv ommaviy tartibsizlik ishtirokchilarini tezroq tarqatib yuboradi, kamida yuz-qo‘lidagi rangni tozalash uchun ham tarqalishadi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, polshalik jurnalist Agneshka Pikulitska ham shu kabi feyk xabarni Twitter sahifasiga joylagan. Keyinchalik esa postni o‘chirib tashlagan va feyk xabar tarqatgani uchun uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2085

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing