Diqqat, abituriyentlar! Ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi

Jamiyat

image

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Davlat test markazi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lumki, alohida iqtidor talab etiladigan yoki fanlar majmuasida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markaziga taqdim etildi va mazkur natijalar Davlat test markazining maxsus tizimlariga joylashtirildi.

Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari va test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1. my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;

2. my.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limi orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda;

3. Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

  • @mandat2021bot
  • @mandat_2021_1_bot
  • @mandat2021_2_bot
  • @mandat2021_3_bot
  • @mandat2021_4_bot

4. Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

802

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing