Di Mariya termadagi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi
Sport
−
18 Oktabr 2023
2433Futbolchi Anxel Di Mariya yozda Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda futbolchi “Todo Pasa” radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Amerika kubogi va undan keyin hammasi tugaydi. Bu terma jamoa uchun qilgan oxirgi ishim bo‘ladi. “Benfika” menga terma jamoada o‘ynashni davom ettirish imkoniyatini berdi. Men Argentinada bo‘lish uchun hamma narsani qilaman”, deydi 35 yoshli futbolchi.
Di Mariya Argentina terma jamoasi safida 2008 yildan buyon o‘ynab kelmoqda va jamoa safida 134 ta o‘yinda maydonga tushgan. Joriy mavsumda futbolchi umumiy 6 ta o‘yinda 5 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, 2024 yilgi Amerika kubogi 20 iyundan 14 iyulga qadar AQSHda bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi