Di Mariya faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi

Sport

image

Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Anxel Di Mariya faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda u “Libertadores” kubogi 1/8 finalining javob uchrashuvida “Korintians”ga qarshi uchrashuvdan (0:1) so‘ng aytib o‘tdi.

“Bu qiyin davr. Orzuim boshqacha edi, davom etish istagim ham boshqacha edi. Bu – futbol. Endi o‘ylab ko‘rishim va keyin nima qilishni xohlayotganimni aniqlab olishim kerak”,  deya Di Mariya.

Ma’lumot uchun, 38 yoshli argentinalik futbolchi yaqinda o‘zi 2025 yil yozidan buyon to‘p surib kelayotgan “Rosario Sentral” bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirgan edi. “Transfermarkt” portali uning bozor qiymatini 1,8 million yevroga baholamoqda.

Di Mariya faoliyati davomida Yevropaning “Benfika”, “Real Madrid”, “Manchester Yunayted”, PSJ va “Yuventus” klublarida ham o‘ynagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing