Di Mariya faoliyatini qayerda davom ettiradi?

Sport

image

Portugaliyaning “Benfika” klubi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya faoliyatini hozirgi klubida davom ettirmaydi. Bu haqda “Record” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tajribali futbolchi Argentina chempionatiga qaytmoqchi. 2024 yilning iyul oyida 35 yoshli futbolchi o‘z vatani “Rosario Sentral” klubiga qaytadi. U sobiq jamoasiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.

Argentinalik futbolchi 2023 yilning yozidan buyon Portugaliya grandi safida to‘p surmoqda. Faoliyati davomida Di Mariya “Real”, PSJ va “Manchester Yunayted”da to‘p tepgan.

Argentinalik futbolchi "Benfika" bilan birgalikda Portugaliya chempioni va Liga kubogi sohibiga aylandi. "Real Madrid" tarkibida u Ispaniya chempionatida, Yevropa Chempionlar ligasi, Ispaniya kubogi va Superkubogida g‘olib chiqdi. PSJ tarkibida esa besh marta Fransiya chempioniga aylandi.

2022 yilda Di Mariya Argentina terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Yaqinda u terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina Di Mariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing