Desham terma jamoani tashlab, Fransiyaga qaytdi
Sport
−
24 iyun 5344 1 daqiqa
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamning onasi vafot etdi. Shu sababli mutaxassis 2026 yilgi Jahon chempionati davomida AQSHda joylashgan milliy jamoa qarorgohini tark etadi. Bu haqda Fransiya futbol federatsiyasi ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Desham yaqinlari yonida bo‘lish va dafn marosimida ishtirok etish uchun AQSHdan Fransiyaga qaytib ketgan. Shu sabab Desham joriy yilning 26 iyun kuni Norvegiyaga qarshi guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvida jamoani murabbiylar o‘rindig‘idan boshqara olmaydi.
Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Filipp Diallo bilan kelishuvga ko‘ra, Desham o‘z yordamchisi Gi Stefanga jamoani u qaytib kelguniga qadar boshqarish vazifasini topshirgan.
Ma’lum qilinishicha, Fransiya terma jamoasi a’zolari bu xabardan qattiq qayg‘uda.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionati ikkinchi turidan so‘ng Fransiya terma jamoasi 6 ochko bilan “I” guruhida peshqadamlik qilmoqda.
Live
Barchasi