Desham Saudiya Arabistoni terma jamoasini boshqarishi mumkin

Sport

image

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Saudiya Arabistoni terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda “yahoo sports” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni tomoni Deshamni o‘zining uzoq muddatli loyihasini amalga oshirish uchun ideal nomzod sifatida ko‘rmoqda. Bu loyihaning cho‘qqisi 2034 yilda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati bo‘ladi.

Fransuz mutaxassisga sakkiz yillik shartnoma va hozirgi murabbiylik lavozimidan tashqari kengaytirilgan majburiyatlar taklif qilinmoqda. Unga butun terma jamoa tizimini qayta ko‘rib chiqish va qayta tuzish vazifasi yuklatiladi.

Ma’lumot uchun, Dide Desham 2012 yildan buyon Fransiya terma jamoasini boshqarib keladi. Bu vaqt oralig‘ida fransiyalik mutaxassis terma jamoa bilan 2018 yilgi jahon chempionligini qo‘lga kiritgan va 2022 yilgi Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining final bosqichiga qadar yetib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Desham 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng Fransiya terma jamoasidagi lavozimini tark etishi va uning o‘rnini Zidan egallashi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Saudiya Arabistoni Did'e Desham

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing