Deputatlar prezidentlik saylovi kunini ko‘chirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
Jamiyat
−
29 yanvar 2021
6669Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekistonda saylovlarni o‘tkazishish sanasini o‘zgartirish va boshqa qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi.
“Yuksalish” umummilliy harakati bergan ma’lumotga ko‘ra, loyihada siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasi davrida Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar uchun G‘aznachilikda hisobvaroq ochilmaydigan bo‘lyapti.
Endilikda hujjat Senatga yuboriladi.
Avvalroq, O‘zbekiston Konstitutsiyasi va boshqa qator qonunlarga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.
Loyihada Konstitutsiyaning 117-moddasiga o‘zgartirish kiritish taklif etilyapti. Bu orqali Prezident va parlament saylovlarini vakolat muddati tugaydigan yilning oktyabr oyida o‘tkazish belgilangan.
LiveBarchasi